» » “O‘zbektelekom” bir oyda ikkinchi marta internet-kanallari tariflarini pasaytirdi

“O‘zbektelekom” bir oyda ikkinchi marta internet-kanallari tariflarini pasaytirdi


“O‘zbektelekom” bir oyda ikkinchi marta xalqaro paketli kommutatsiya markaziga ulangan operatorlar va provayderlar uchun tariflarni pasaytirmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kompaniya bosh direktori v.v.b Shuhrat Qodirov tomonidan mobil va mahalliy tarmoq aloqa operatorlari va provayderlariga cheklanmagan hajmdagi trafikning 1 Mbit/s uchun Uztelecom internet-kanallari tariflarini 176 682 so‘mdan 169 065 so‘mgacha pasaytirish to‘g‘risida qaror imzolandi.

Bundan avval tariflarning pasayishi 19-iyul kuni e’lon qilingan. O‘shanda tariflarning narxi 1 Mbit/s uchun 244 958 so‘mdan 176 682 so‘mgacha pasaytirilgan edi. Shu tariqa, narxlarning umumiy arzonlashishi 31 foizni tashkil etdi.

Ma’lumot uchun, har bir mobil aloqa operatori va provayder taqdim etuvchi xizmatlarining oxirgi iste’molchi uchun narxlarini mustaqil ravishda belgilaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2018, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют