» » Prezident qaroriga ko‘ra Qurolli Kuchlar tizimida har juma “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” etib belgilandi

Prezident qaroriga ko‘ra Qurolli Kuchlar tizimida har juma “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” etib belgilandi


O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tizimida haftaning har juma kuni “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” etib belgilandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

O‘zbekiston Prezidentining 4-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi 3898-sonli qarorida bu haqda so‘z boradi.

Ushbu kunda buyuk ajdodlar hayoti va faoliyatidagi yorqin misollarni targ‘ib qilish orqali yoshlar va harbiy xizmatchilarda jasurlik va mardlik, faxr va iftixor tuyg‘usini shakllantirish maqsad qilingan.

Shuningdek, qarorga asosan Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyaning Qurolli Kuchlar tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda munosib hissa qo‘shgan harbiy xizmatchilariga hamda fuqarolarga “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.

Mudofaa vazirligida Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi tuzilishi, harbiy qismlarda “harbiy psixolog”, “psixolog”, “yetakchi sotsiolog”, “harbiy qism komandirining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha maslahatchisi — Madaniyat markazi boshlig‘i” lavozimlari joriy qilinadi.

2018/2019-o‘quv yilidan boshlab, Qurolli Kuchlari Akademiyasi Umumqo‘shin fakulteti bazasida qo‘shimcha “Qo‘mondonlik-taktik tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar” mutaxassisligi bo‘yicha ofitserlar tayyorlash ta’lim tizimi joriy etilishi esa milliy armiyaning ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tubdan takomillashtirishga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2018, 18:12)
+3 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют