» » Qoraqalpog‘istonda yomg‘ir va kuchli shamol do‘konlarning yonib ketishiga sabab bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda yomg‘ir va kuchli shamol do‘konlarning yonib ketishiga sabab bo‘ldi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mang‘it shahri Xalqlar do‘stligi va Buyuk Turon ko‘chalari kesishmasida joylashgan savdo do‘konlarida 11-avgust kuni tong soat taxminan 4:40 atrofida yong‘in sodir bo‘lgan, deya xabar bermoqda O‘zA.

Amudaryo tuman YoXB boshlig‘i H.Matyaqubovning ma’lum qilishicha, ushbu manzilga o‘t o‘chirish mashinalari soat 4:43 da yetib borib, ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in qurshab olinib, soat 6:28da to‘liq bartaraf etilgan hamda boshqa savdo do‘konlari va qo‘shni binolariga tarqalishining oldi olingan.

Yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan. Ammo yong‘in 2 nafar tadbirkorga tegishli do‘kon binolarini qurshab olgani sabab 180 kvadrat metr binolardagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari, jihozlar yonib ketgan.

Mazkur hodisa shu kuni yoqqan kuchli yomg‘ir va yuqori tezlikda esgan shamol tufayli elektr tarmoqlarida ro‘y bergan qisqa tutashuv oqibatida sodir bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Hozirda yong‘in yetkazgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2018, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют