» » Samarqanddagi Siyob kanalini chiqindilar bilan to‘ldirish ishlariga kim barham bera oladi? (foto)

Samarqanddagi Siyob kanalini chiqindilar bilan to‘ldirish ishlariga kim barham bera oladi? (foto)


Samarqand shahrini kesib o‘tuvchi Siyob kanali turli xil chiqindilar, qurilish va maishiy chiqindilar bilan to‘ldirib tashlanayotganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Ushbu xabardan so‘ng Samarqand viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, “Toza hudud” DUK va viloyat Sanitariya va epidimologiya markazi tomonidan qator reydlar o‘tkazilib, holat bo‘yicha fuqarolarga nisbatan choralar ko‘rilishiga qaramasdan, Siyob kanali va uning atrofiga chiqindi tashlash ishlari davom etmoqda.

Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Samarqand shahrining markazi, xususan tarixiy qismidan oqib o‘tuvchi ushbu kanalning “Yoshlar” va “Xumo” mahallaridan o‘tuvchi qismiga turli chiqindilarning tashlanishi natijasida kanal to‘lib bormoqda. Achinarli tomoni shundaki, ushbu chiqindilar tashlanishi natijasida ariqdan qo‘lansa islar kelib chiqmoqda. Anchadan buyon davom etib kelinayotgan ushbu holatga nahotki barham berishning iloji topolmasa?

Ayrim xonadon vakillari ochiqchasiga hovlisiga chiqindi tashlab, yer maydonini sun’iy ravishda kengaytirmoqda. Kanalning chiqindilar bilan to‘lishi natijasida ariq bo‘yidagi ayrim xonadonlarda namlik yuzaga kelgan.

— Kanal chiqindilar bilan to‘lishi natijasida mahallamizda joylashgan stadion, uning sport zali va cho‘milish havzasi suv bilan to‘lib boryapti, — deydi Ashraf Boqiyev. — 12 yildan beri qarovsiz qolgan stadionda 100 nafardan ortiq bola futbol bilan shug‘ullanadi. Atrofdagi chiqindilar natijasida qo‘lansa islar paydo bo‘lgan.  Bu esa ularning salomatligiga jiddiy xavf solmoqda.

Ma’lumot uchun, Samarqandda joriy yilning 6 oyi davomida aholi yashash punktlari sanitar holatini yaxshilash, hamda O‘zbekiston Respublikasi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonuni talablarining joylarda bajarilishi bo‘yicha reydlar natijasida 247 nafar huquqbuzarlik holati  aniqlanib, 43 060 000 so‘m jarima solingan.

Samarqand viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan zarur choralar ko‘rilishiga qaramasdan, aholi kanalga chiqindi tashlashda davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2018, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют