» » Basalt: innovatsiyalar, havfsizlik, qulaylik

Basalt: innovatsiyalar, havfsizlik, qulaylik


Toshkentda Qurilish sohasi xodimlari kuniga bag‘ishlangan “Bazalt armatura. Innovatsion materiallar. Qurilishda tejamkorlik” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada O‘zbekiston qurilish vazirligi, innovatsion rivojlanish vazirligi, “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi, “Uzqurilishmateriallari” AJ, geologiya va mineral resurslari Davlat qo‘mitasi, shahar va tuman hokimiyatlari, loyiha boshqarmalari, yetakchi qurilish kompaniyalarining vakillari qatnashdilar.

Tadbir 2017-yilning dekabr oyida Jizzaxda bazalt tola va armatura ishlab chiqaradigan Basalt zavodini ishga tushurgan MEGA INVEST INDUSTRIAL qo‘shma korxonasi tomonidan tashkil etildi.

Bu O‘zbekistonda bazalt armatura ishlab chiqaradigan birinchi zavod. 200 kishi ishlaydigan zavodning sathi 10 000 kv m iborat. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 3 000 tonna bazalt tolasi ishlab chiqarishga ega. 2018-yilning fevral oyidan beri zavod 720 tonna armatura ishlab chiqardi.

Bazalt tolasining 80% armatura ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi, qolgan 20% qurilish uchun zarur bo‘lgan boshqa mahsulotlar barpo etishga sarflanadi. Basalt zavodiga qilingan investitsiyalar hajmi 54 million AQSh dollarni tashkil etdi.

Basalt zavodini ishga tushurishdan ilgari bozordagi vaziyat chuqur tahlil qilindi, innovatsion armaturaga xomashyo bo‘lgan bazalt konlari o‘rganildi.

O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan uchta bazalt konlaridan ikkitasi, hududida zavod qurilgan Jizzax viloyatida joylashgan. “Shaksiz innovatsion hususiyatlarga ega bo‘lgan sifatli bazalt armatura chiqarishga aynan shu javhari o‘ziga xos hususiyatlari bilan to‘g‘ri keladi”, — dedi Mega Invest Industrial tijorat masalalari bo‘yicha direktori Ramir Axmediyev.

Konferensiyada so‘zga chiqqan Axmediyev yangi mahsulot qurilish bozorida doimo shubhali tuyuladi, shu sabab, Basalt zavod ishga tushirilgan kundan boshlab mutaxassislar va kelajak mijozlar orasida bazalt armatura sifatlari va innovatsion xususiyatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Konferensiyada “O‘zqurilishmateriallari” AJ eksperti Baxodir Kenjayev, Qurilish vazirligi eksperti va Toshkent Arxitektura va qurilish instituti katta o‘qituvchisi

Jaloliddin Toxirov, “Qishloq Qurilish Invest” MChJ Ta’minot bo‘limi mutaxassisi Botir Ro‘ziboyev, MChJ Mega Invest Industrial QK tijorat direktori Ramir Axmediyev ishtirok etdi.

Konferensiya jarayonida muqobil materiallar va ulardan foydalanish, qishloq hududida namunaviy uylar qurilishida kompozit armaturani qo‘llash, Basalt zavodini rivojlanish istiqbollari va ushbu korxonaning innovatsion mahsulotini tadbiq etilishi mumkin bo‘lgan sohalar muhokama qilindi.

Bazalt armaturasi zamonaviy qurilishda faol qo‘llaniladi va noyob xususiyatlarga ega — po‘lat armaturasiga nisbatan 4 barobar yengil va 3 marotaba mustahkam. Bazalt armaturasi nam shimmaydi, zanglamaydi, elektr tokini o‘tkazmaydi va issiqlik o‘tkazish qobiliyati nihoyat past.

“Bazalt — shu turdagi materiallar orasida eng ekologik xavfsiz, u montaj qilishda yetarli darajada oson va narxi arzon. Bazalt tolasi bazalt, bazanit, gabrodiabaz kabi tabiiy minerallarni va ularni aralashmalarini eritish yo‘li bilan olinadigan to‘la ma’noda tabiiy material”, — deb ta’kidlab o‘tdi o‘z ma’ruzasida “O‘zqurilishmateriallari” AJ eksperti Baxodir Kenjayev.

O‘zbekistonda qurilish sohasi bo‘yicha 24 100 korxona ishlab turibdi, ularning 3 800 tasi joriy yilda tashkil etilgan.

2018-yilning birinchi yarmida qurilish sohasi barcha tahlil qilingan iqtisodiy faoliyat yurituvchilar orasida O‘zbekistonning YAIM o‘sish sur’atini eng yuqori ko‘rsatgichini — 9,7% namoyon qildi. Asosiy vositalarga qilingan investitsiyalar o‘sish sur’atlari 129,4% tashkil etdi. Ushbu investitsiyalar tarkibida 60,9% qurilish-montaj ishlari tashkil etadi. Asosiy vositalarga yo‘naltirilgan investitsiyalarning asosiy qismi – 10 trillion 656,6 million so‘m, yangi qurilishga yo‘naltirilgan, bu investitsiyalar umumiy sonining 63,3% tashkil etadi.

Bazalt armaturaning afzalliklari:

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2018, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют