» » Jizzaxda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari jahon bozoriga chiqariladi

Jizzaxda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari jahon bozoriga chiqariladi


O‘z tarkibida ko‘plab korxonalarni jamlagan “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Xususan, bunda raqobatdosh, eksportga yo‘naltirilgan qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi turdagi sifatli qurilish materiallariga bo‘lgan ichki ehtiyojni qondirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu talablar esa mahalliy va xorijiy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda, deb yozadi O‘zA.

Jizzax shahridagi Mingyuan Silu Industry mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxonasi aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi korxonalardan biri hisoblanadi.

Korxona bezakli qurilish oynasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Uning umumiy qiymati 110 million dollar bo‘lib, yiliga 24 million kvadrat metr oyna mahsuloti ishlab chiqarish loyihasining birinchi bosqichida 29 million dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtirildi. Buning natijasida yiliga 4 million kvadrat metr bezakli oyna ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi va 210 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Korxona nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. Bunday imkoniyat korxona faoliyatini kengaytirish va mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yishda amaliy natijalar olib keladi. Ayni kunda 1 kunda 6 ming kvadrat metr ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ichki bozorga chiqarilmoqda. Shu bilan birga, bezakli qurilish oyna mahsulotlarini Qozog‘iston, Afg‘oniston, Tojikiston, Qirg‘iziston davlatlariga eksport qilish ko‘zda tutilmoqda.

Forish tumanida Mega Invest Industrial mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi O‘zbekiston - Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasida umumiy qiymati 61,9 million dollar (36,4 million dollar bank krediti, 17,6 million dollar chet el investitsiyasi) o‘zlashtirilishi evaziga yiliga 2500 tonna bazalt tolasi, 3000 tonna bazalt tolasidan armatura ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Loyihaning birinchi bosqichida qariyb 30 million dollar (shundan 14,6 million dollar ekvivalentida bank krediti, 8 million dollar xorijiy va 6,9 million dollar ekvivalentida mahalliy investitsiya) o‘zlashtirildi hamda bazalt tolasi va undan armatura ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, 90 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют