» » “Metallurg”—“Qizilqum” bahsida bekobodliklar darvozasiga penalti belgilamagan hakam Superliga o‘yinlaridan chetlatildi

“Metallurg”—“Qizilqum” bahsida bekobodliklar darvozasiga penalti belgilamagan hakam Superliga o‘yinlaridan chetlatildi


Kecha, 12-avgust sanasida Pepsi Superliga 21-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Qizilqum” bahsi 2:1 hisobidagi mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlangandi.

Uchrashuvni boshqarib borgan hakam – Hasan Ro‘ziyev o‘yin davomida qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygani uchun Superliga uchrashuvlaridan oktabr oyiga qadar chetlatildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘FA hakamlar qo‘mitasi hamda ekspertlar guruhining tasdiqlashicha, uchrashuvning 35-daqiqasida Ro‘ziyev “Metallurg” jamoasi darvozasi tomon penalti belgilanishi lozim bo‘lgan vaziyatda 11 metrli jarima zarbasini qo‘ymagan. Bu esa yakunda natijaga o‘z ta’sirini o‘tkazgan.

Ma’lumot uchun, mazkur o‘yindan keyingi matbuot anjumanida “Qizilqum” bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov uchrashuv bosh hakami Hasan Ro‘ziyevning “o‘yini” qurboni bo‘lganini  ta’kidlagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2018, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют