» » O‘zbekistonlik artilleriyachilar “ArMI—2018”da ilk bor ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik artilleriyachilar “ArMI—2018”da ilk bor ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi


12-avgust kuni Toshkent shimoliy vokzalida Qozog‘iston poligonida bo‘lib o‘tgan “ArMI—2018” Xalqaro armiya o‘yinlarining “Artilleriya o‘t ochish ustalari” tanlovida munosib ishtirok etgan o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Unda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, ota-onalar, o‘quvchi-yoshlar, harbiy orkestr sozandalari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Polkovnik Xojiddinmurod Kamolov yetakchilik qilgan artilleriyachilarimiz 1- va 2-bosqichlarda individual estafeta, 3-bosqichning yarim final bahslarida imkoniyatlarini namoyish etib, finalda Ozarbayjon, Belarus Respublikasi, Qirg‘iziston va Rossiyaning eng kuchli artilleriyachi jamoalarini ortda qoldirib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 1-o‘rin mezbonlarga, 3-o‘rin Rossiya va Ozarbayjon vakillariga nasib etdi.

“Artilleriyachilarimiz ushbu nufuzli musobaqaga ilk bor qatnashishlariga qaramay, yuqori natijaga erishdilar. Buning zamirida hukumatimiz tomonidan harbiy xizmatchilarning har tomonlama tengsiz bo‘lishi uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar yotadi. Hal qiluvchi bahsda o‘zbekistonlik azamatlari jismonan va ruhan ustuvor ekanliklarini namoyish etishdi. Kelgusida bu kabi musobaqalarda bundan-da yuqori natijalarni qo‘lga kiritishga va’da beramiz”, — deydi minomyotchilar hisobi guruhi komandiri mayor Fayzullo Karimov.

12-avgust kuni, shuningdek, Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida Xitoyning Korla shahri mezbonlik qilgan “ArMI–2018” Xalqaro armiya o‘yinlarining “Xavfsiz marshrut” tanlovida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik harbiylari tantana bilan kutib olindi.

To‘rt bosqichda bo‘lib o‘tgan “Xavfsiz marshrut” tanlovining yakuniy estafetasi natijalarigako‘ra, 3-o‘rinni 48,36 daqiqa bilan o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar egallagan bo‘lsa, 2-o‘rin rossiyalik harbiy xizmatchilarga nasib etdi (41,13 daqiqa). 35,31 daqiqa natija bilan 1-o‘rinni Xitoy jamoasi qo‘lga kiritdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2018, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют