» » O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar ikkinchi bor xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etadi. Bu safar 13 yo‘nalishda

O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar ikkinchi bor xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etadi. Bu safar 13 yo‘nalishda


O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar joriy yilda jami 27 yo‘nalish bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan “Xalqaro armiya o‘yinlari—2018”ning 13 ta yo‘nalishida ishtirok etadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari” (Rossiya, Sankt-Peterburg shahri), “Elbrus halqasi” (Rossiya Kabardino-Balkariya), “Sodiq do‘st” (Rossiya, Moskva), “Yo‘l patruli” (Rossiya, Moskva viloyati), “Merganlik marrasi” (Belarus Respublikasi), “Xavfsiz marshrut” (Xitoy, Korla shahri), “Artilleriya ustasi” (Qozog‘iston), “Qurolsoz usta” (Rossiya, Penza shahri), “Musaffo osmon” (Xitoy, Korla shahri), “Harbiy ralli” (Rossiya, Tiva viloyati), “Harbiy-tibbiy estafeta” (Rossiya, Sankt-Peterburg shahri),“Dala oshxonasi” (Rossiya, Moskva viloyati), “Hamdo‘stlik jangchisi” (Armaniston) kabi yo‘nalishlarda qatnashadi.

O‘tgan yilning 29-iyulidan 12-avgustga qadar o‘tkazilgan “ArMI—2017” Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Xitoyning 22 ta poligonida bo‘lib o‘tgan III xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi vakillari ilk marotaba ishtirok etgandi.

Unda Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidan kelgan 28 mamlakatning 150 dan ziyod jamoasi qatnashgan, O‘zbekiston himoyachilari esa mazkur xalqaro armiya o‘yinlarida 29 ta tanlovning atiga 8 tasida qatnashib, 5 ta sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют