» » Samarqandda “Iymon but bo‘lsa – korrupsiyaga o‘rin yo‘q” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

Samarqandda “Iymon but bo‘lsa – korrupsiyaga o‘rin yo‘q” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yilligi bayrami arafasida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tashabbusi bilan “Iymon but bo‘lsa – korrupsiyaga o‘rin yo‘q” shiori ostida Samarqand viloyat musiqali va drama teatrida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda viloyat prokuraturasi, viloyat bojxona boshqarmasi rahbariyati, Oliy harbiy bojxona instituti kursantlari, yangi ishga qabul qilingan yosh bojxona xodimlari, ularning ota-onalari va yaqinlari hamda OAVlari vakillari ishtirok etishdi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Davlatimiz mustaqilligini asrab-avaylash, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash, bojxona tizimida korrupsiyaning oldini olish, xodimlar o‘rtasida sog‘lom muhitni yaratish va yosh bojxonachilarni ma’naviy jihatdan o‘quvini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirni Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Salixov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbirda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning 30-moddasiga asosan bojxona xodimlari o‘rtasida sotsiologik so‘rovlar o‘tkazilib kelinayotganligi ta’kidlab o‘tildi. O‘tkazilgan so‘rovlar tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda berilgan takliflarni o‘rganib chiqish maqsadida Davlat bojxona qo‘mitasiga va boshqa mutasaddi tashkilotlarga ma’lumotlar taqdim etilmoqda.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, hozirda bojxona xodimining o‘rtacha ish haqi miqdori 3 174 678 ming so‘mni tashkil etmoqda. Bu esa 2012-yilga nisbatan 4,5 barobarga ko‘p demakdir. Kelgusida hukumat bojxona organi xodimlarini oylik maoshini yanada oshirishni ko‘zda tutgan. Boshqa viloyatlardan Samarqandga kelib xizmat qilayotgan xodimlarga 22 ta xizmat uylari ajratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2018, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют