» » Samarqandlik bojxonachilar kannabis parvarishlayotgan “bog‘bon”ni fosh etishdi

Samarqandlik bojxonachilar kannabis parvarishlayotgan “bog‘bon”ni fosh etishdi


Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari Samarqand tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand tumani “Yangiobod” MFYda yashovchi fuqaro M.M.ga tegishli xonadonda xolislar ishtirokida tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazdi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Tadbir davomida xonadondan yashil rangli, o‘tkir hidli, ho‘l holdagi sof og‘irligi 2 kilogramm 68 grammni tashkil etuvchi kannabis giyohvandlik o‘simligi va quruq holda o‘ziga xos o‘tkir hidli umumiy sof og‘irligi 77,94 gramm marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Dastlabki surishtiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha fuqaro M.M. “ajal” urug‘larini bahor oylarida o‘zi yashash xonadoniga ekib, parvarish qilganligi ma’lum bo‘ldi. Tadbirga jalb etilgan mutaxassislar ham ushbu giyohvandlik o‘simliklari ekilib, maxsus parvarish qilinganligini tasdiqlashdi. Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

60 yoshni qoralab qolgan fuqaro M.M.ushbu jinoiy harakatlari uchun endi Qonun oldida javob beradi, deydi Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2018, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют