» » Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda bo‘ladigan Xalqaro investitsiya forumini yuqori saviyada tashkillashtirish haqida ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda bo‘ladigan Xalqaro investitsiya forumini yuqori saviyada tashkillashtirish haqida ko‘rsatma berdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-avgust kuni mamlakat iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda hukumat a’zolari, davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimlari, O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari qatnashgan.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev investitsiyalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda bosh vazir 144 ta investitsiya loyihasiga mas’ul etib biriktirildi

Yig‘ilishda ma’lum qilinganidek, yaqinda Jizzax viloyatida xalqaro investitsiya forumi va Tovar ishlab chiqaruvchilar milliy ko‘rgazmasini o‘tkazish rejalashtirilgan.

“Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Jizzax viloyati hokimligiga mazkur tadbirlarni yuqori saviyada tashkillashtirish, har bir soha, tarmoq va hudud bo‘yicha maxsus taqdimotlar tayyorlab, namoyish etish bo‘yicha topshiriqlar berildi”, — deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2018, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют