» » Qoraqamishdagi hodisa ishtirokchilari ushlandi, ular voqea yuzasidan ko‘rsatma bermoqda

Qoraqamishdagi hodisa ishtirokchilari ushlandi, ular voqea yuzasidan ko‘rsatma bermoqda


Toshkentning Qoraqamish dahasida Spark va “Jiguli” avtomobillaridagi bir guruh shaxslar o‘rtasida sodir bo‘lgan hodisaning barcha ishtirokchilari shaxsi aniqlandi. Ayrimlari ushlandi va hozirda voqea yuzasidan ko‘rsatma bermoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

“Tergovga qadar olib borilayotgan tekshiruv ishlari natijasiga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasiga oydinlik kiritiladi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Internet tarmog‘ida Spark va “Jiguli” avtomobillaridagi bir guruh shaxslar o‘rtasida sodir bo‘lgan hodisa tasvirlangan video tarqaldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa shu kunlarda Toshkentning Qoraqamish dahasida yuz bergan. Videoda Spark’ning oynalari singani, balonlari pusayib qolganini, Spark haydovchisi deb taxmin qilingan kishi esa yerga yotqizib qo‘yilganini ko‘rish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2018, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют