» » Farg‘onada 2011-yili tug‘ilgan bolaga oradan 7 yil o‘tib tug‘ilganlik haqida guvohnoma berildi

Farg‘onada 2011-yili tug‘ilgan bolaga oradan 7 yil o‘tib tug‘ilganlik haqida guvohnoma berildi


Mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida aholining turmush sharoitlari bilan tanishmoqda. Bu haqida “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Davlat xizmatlari agentligi xodimlari ham ishchi guruh tarkibida uyma-uy yurib, aholiga huquqiy yordam ko‘rsatmoqda.

Ish jarayonida agentlik xodimlari tomonidan fuqarolar Qahramon Farmonov va Saidaxon Alijonovaning 2011-yilda tug‘ilgan farzandi Muslimaxon Rahimjonovaga shu kunga qadar tug‘ilganlik haqida guvohnoma berilmagani aniqlangan.

Shundan keyin Davlat xizmatlari agentligi ko‘magida bolaning tug‘ilgani haqida guvohnoma rasmiylashtirildi va ota-onasiga taqdim qilindi. Qahramon Farmonov va Saidaxon Alijonovaga esa nikoh qayd etilgani haqida guvohnoma rasmiylashtirib berildi.

Shuningdek, Davlat xizmatlari agentligi xodimlari tomonidan “Obod yurt” mahallasida istiqomat qiluvchi Sharofatxon Isaqovaning nogironlik aravachasiga muhtojligi aniqlandi va unga yangi nogironlik aravachasi olib berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2018, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют