» » Xalqaro maqom san’ati anjumani g‘olibi 15 ming dollar oladi

Xalqaro maqom san’ati anjumani g‘olibi 15 ming dollar oladi


2018-yilning 6—10-sentabr kunlari Shahrisabz shahrida o‘tkaziladigan Xalqaro maqom san’ati anjumanida g‘oliblarning pul mukofotlari belgilandi.  Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi.

“Gran-pri” —  15 000 AQSh dollari;

1-o‘rin — 2 ta, har biri 10 000 AQSh dollari;

2-o‘rin — 2 ta, har biri 7 000 AQSh dollari;

3-o‘rin — 2 ta, har biri 5 000 AQSh dollari.

Shuningdek, anjuman doirasida faol ijrochilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida “Professional maqom xonandasi”, “Professional maqom sozandasi”, “Professional maqom ustozi”, “Professional maqom targ‘ibotchisi”, “Professional yosh maqomchi” va “Professional maqom bastakori” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchilar rag‘batlantiruvchi sovg‘a va mukofotlar bilan taqdirlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют