» » Rossiyadagi ShHT davlatlari harbiy mashg‘ulotlarida O‘zbekiston kuzatuvchi sifatida qatnashadi

Rossiyadagi ShHT davlatlari harbiy mashg‘ulotlarida O‘zbekiston kuzatuvchi sifatida qatnashadi


ShHTga a’zo davlatlar qurolli kuchlari bo‘linmalarining “Tinchlik missiyasi — 2018” harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun Rossiyaning Chelyabinsk viloyatiga Sibirdan Mi-24 “Krokodil” va Mi-8AMTSh “Terminator” vertolyotlari ko‘chirib o‘tkazildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Xalqaro manyovrlar chog‘ida uchuvchilar quruqlikdagi guruhlarga turli vazifalarni bajarishda va yuklarni tashishda havodan yordam ko‘rsatadi.

Qo‘shma aksilterrorchilik qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari Chebarkulda 22—29-avgust kunlari o‘tkaziladi. Manyovrlarda Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston qurolli kuchlarining quruqlikdagi qo‘shinlari bo‘linmalari va aviatsiyalari qatnashadi. O‘zbekiston vakillari esa kuzatuvchilar sifatida ishtirok etadi.

“Tinchlik missiyasi — 2018”da jami 3 mingdan ortiq harbiy xizmatchi va 500 ga yaqin texnika qatnashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют