» » Toshkentning bosh rejasi tasdiqlanguncha eski shaharda buzish, rekonstruksiya va qurilish ishlarini olib borish taqiqlandi

Toshkentning bosh rejasi tasdiqlanguncha eski shaharda buzish, rekonstruksiya va qurilish ishlarini olib borish taqiqlandi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

Farmonda Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi va Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamentini tashkil etish haqidagi taklif ma’qullangan.

Toshkent shahar hokimiga 2018-yil 1-oktabrga qadar muddatda Toshkent shahrining bosh rejasi konsepsiyasi va Toshkent shahrining bosh rejasi loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro tanlov o‘tkazilishini ta’minlash topshirildi.

Toshkent shahrining bosh rejasi tasdiqlangunga va poytaxtni arxitektura jihatidan rivojlantirishning istiqbollari aniq belgilangunga qadar:

Toshkent shahrining eski shahar qismida buzish, rekonstruksiya qilish va kapital qurilish bo‘yicha ishlarni olib borish taqiqlanadi;

Toshkent shahrining boshqa tumanlarida yangi turar joy massivlarini qurishda ijtimoiy obyektlarni kompleks joylashtirish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish majburiy tartibda nazarda tutiladi.

Toshkent shahar hokimiga Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan ma’qullangan yoki ishlab chiqilgan rentabelli investitsiya loyihalariga aholining bo‘sh mablag‘larini Toshkent shahrining obligatsiyalari yoki yangi tashkil etilayotgan xo‘jalik jamiyatlari aksiyalari shaklida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish orqali jalb etishga ruxsat berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2018, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют