» » Vanessa Mey Toshkentda bepul konsert beradi

Vanessa Mey Toshkentda bepul konsert beradi


Yoshlar simfonik orkestri tomonidan 5-sentabr kuni Buyuk britaniyalik skripkachi va bastakor Vanessa Mey ishtirokida xayriya konsert dasturi tashkil etiladi. Bu haqda Yoshlar Ittifoqi matbuot xizmati rahbari Nodir Abduqodirov ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.

Ushbu xayriya konsertini tashkil etishdan maqsad O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida jahon klassik musiqa merosini ommalashtirish, yoshlarni nodir san’at asarlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va iqtidorlarini rag‘batlantirishdan iborat ekani bildirilmoqda.

Konsert poytaxtdagi Forumlar saroyida o‘tkaziladi.

Taklifnomalar faol va iqtidorli yoshlar, madaniyat va san’at arboblari, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillariga bepul tarqatilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2018, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют