» » Urgut tumani ichki ishlar xodimlari ogrlikka sherikmi?

Urgut tumani ichki ishlar xodimlari ogrlikka sherikmi?


Daryo tahririyatiga Samarqand viloyati Urgut tumani Baxrin mahallasida yashovchi fuqaro Feruz Farmonov qongiroq qilib, Urgut tuman Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish bolimi Qoratepa militsiya tayanch punkti xodimlari tomonidan 4 oydan buyon uning yoqolgan qora mollarini topish boyicha bergan arizasi organilmayotganligi togrisida murojaat qildi.

Joriy yilning 9-may kuni qishlogimizdan 35 bosh qoramol yoqoldi. Dastlab mollar biror yerga ketib qolgan bolishi mumkin deya ozimiz qidirdik. Ammo topa olmadik. Song Qoratepa militsiya tayanch punktiga mollar yoqolgani haqida ariza bilan murojaat qildik. Bu orada ozimiz ham qidiruvga kirishdik. Qidiruv natijasida ikkita qoramolni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi Chorshanba bozoridan topdik, deydi Feruz Farmonov. Rozimurod ismli fuqaro mollarni Samarqand viloyati Bulungur tumanidagi bozordan Asqar Mallayev degan shaxsdan 2.700.000 somga olganligini bildirib otdi. Biz Qashqadaryo viloyati IIB xodimlari bilan qashqadaryolik odamni Bulungur tumaniga olib borib, osha fuqaro bilan yuzlashtirdik. Molni haqiqatda u olganligi aniq boldi. Ammo negadir Qoratepa militsiya tayanch punkti rahbari Alisher Raimberdiyev va tezkor qidiruv bolimi boshligi Otamurod (familiyasi noaniq) akalar ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi ochishni paysalga solyapti.

Mazkur holat boyicha Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qildik. IIB matbuot xizmati rahbari Shirin Normurodovaning malum qilishicha, ayni paytda Urgut tumanida yoqolgan qoramollar boyicha jinoyat ishi ochilgan bolib, ushbu jinoyat ishi viloyat IIB rahbarining nazoratida ekanligini bildirib otdi.

Daryo muxbiri Farhod Norbotayev qora mollari yoqolgan Baxrin qishlogida yashovchi 18 nafar fuqarolar bilan ham suhbatlashishdi. Fuqarolarning takidlashicha, Qoratepa militsiya tayanch punkti xodimlari aniq gumonlangan shaxslarni soroq qilish orniga, umuman boshqa odamlarni soroq qilayotgan ekan.

4 oydan buyon arizamizni organishni orqaga tashlayapti. Molni ogirlanishida gumonlangan shaxslarni topdik. Ularni Ichki ishlarga olib keldik. Ammo negadir IIB xodimlari gumonlanib ushlangan shaxslarni soroq qilgisi kelmayapti, deydi Momin Omonov. Viloyatdan kelgan tergovchilar ham 4 kun odamlarni chaqirib soroq qilishdi. Tort kundan song yoqolib qolishdi. Yozmagan joyimiz qolmadi. Biroq, hech qanday natija bolgani yoq.

Fuqarolarning takidlashicha, ular mazkur ish boyicha bir necha bor viloyat IIBga murojaat qilgan bolishlariga qaramasdan vaziyat ozgarmagan. Ularning joriy yilning 10 iyul kuni Ichki ishlar vazirligiga yozgan murojaati Urgut tuman IIO FMB huzuridagi tergov bolimiga kelib tushgan bolib, holat boyicha Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi b bandi bilan jinoyat ishi qozgatilganligi togrisi 13-iyul kuni javob xati yuborilgan.

Baxrin mahalla fuqarolar yigini raisi Sherzod Mallayevning takidlashicha, qishloqda 7 nafar chopon bolib, ular har mavsumda qishloq odamlarining mollarini togli hududga chiqarib boqishar ekan.

Tort oydan buyon ushbu ish bilan yuribmiz. Hech bir natija yoq. Chiroqchi tumanidagi Chorshanba bozorida Rozimurod ismli shaxs molni bulungurlik Asqar Mallayevdan olganligini bildirgan. Ammo ichki ishlar bu masalani ochiq qoldirib, boshqa shaxslarni soroq qilib yotibdi, deydi Sherzod Mallayev.

Hozirgi kunda 33 ta qoramolning qayerga ketganligi nomalumligicha qolmoqda. Mollari yoqolgan fuqarolar ushbu holat boyicha Qoratepa militsiya tayanch punkti rahbari va tezkor qidiruv bolim boshligi tomonidan hech qanday chora korilmayotganligi sababdan bu ogirlikka ularning ham sherikchiligi bor degan gumonda. Shu sababli ham ichki ishlar xodimlarining bunday hatta-harakati yuzasidan Ichki ishlar vaziri bilan uchrashish niyatida.

Biz 18 kishi bolib viloyat IIB rahbarining qabuliga kirmoqchi boldik. Asl holatni tushuntirib, ichki ishlar xodimlari tomonidan jinoyat ishi yashirilayotganligini bildirmoqchi edik. Ammo bizni qabulga kiritmadi, deydi Rafiq Farmonov. Qoratepa militsiya tayanch punkti rahbarlari bizni urishib tashladi. Kerak bolsa ozing topasan, molni men yoqotganim yoq, degan gaplar bilan bizning murojatimizga beparvo qarab kelyapti.

Ushbu holatni organish jarayonida bizga malum bolishicha, Baxrin qishlogida yoqolgan 33 ta qoramolni ogirlashda ushbu qishloqda yashovchi fuqaro ham komaklashgan. Ichki ishlar xodimlariga gumonlanuvchi 3 nafar shaxsning nomi aniq. Ammo negadir Qoratepa militsiya tayanch punkti xodimlari ularni soroq qilish orniga, boshqa shaxslarni savolga tutmoqda.

Qiziq, Urgut tuman ichki ishlar xodimlarining bunday ish tutishiga sabab nima? Nega ular aniq gumonlanuvchilar bolaturib boshqa shaxslarni tergov qilmoqda. Nega jinoyatni tez tugatish orniga uni ortga surmoqda?



Manba: Daryo.uz
: admin (19-08-2018, 14:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 4) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -