» » “Kimligini aytsam xunuk ish bo‘ladi”. Asal Shodiyevaning sochini kestirgan film prodyuseri va filmida rol o‘ynashga rozilik bermagan rejissor haqida (video)

“Kimligini aytsam xunuk ish bo‘ladi”. Asal Shodiyevaning sochini kestirgan film prodyuseri va filmida rol o‘ynashga rozilik bermagan rejissor haqida (video)


Aktrisa Asal Shodiyeva “Islomxo‘ja” filmining yopiq premyerasi arafasida “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

Aktrisa intervyu davomida qaysidir film uchun kasting topshirgani, kastingdan o‘tib, hattoki film uchun sochini ham kestirgani, biroq film rejissori o‘zgargach, filmda rol ijro etish Asal Shodiyevaga emas, boshqa aktrisaga topshirilgani haqida gapirib berdi.

Kimligini aytsam xunuk ish bo‘ladi. Odamlarni noqulay ahvolga solishni, ‘ey, Asal bunaqa debdi’, degan gapni ham yomon ko‘raman. Ha, shunaqa bo‘lgan. Men hech kimdan xafa bo‘lmayman. Prodyuserimiz bitta odam bo‘lgan. Prodyuser rejissorni almashtirgan, rejissor esa aktrisani almashtirgan. Hamma o‘ziga to‘g‘ri keladigan inson bilan, jamoa bilan ishlaydi, balki o‘sha rejissor o‘sha filmda meni ko‘rmagandir. Prodyuser o‘zini ishini qiladi, rejissor o‘zining ishiga javob berishi kerak. Bundan xafa bo‘ladigan bo‘lsang, unda faqat o‘ziningni o‘ylaydigan odam bo‘lib qolasan.

Asal Shodiyeva, aktrisa



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2018, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют