» » Osiyo o‘yinlari—2018. Bekzod Abdurahmonov O‘zbekistonga ilk oltin medalni taqdim etdi. U endi ikki bor Osiyo chempioni (foto)

Osiyo o‘yinlari—2018. Bekzod Abdurahmonov O‘zbekistonga ilk oltin medalni taqdim etdi. U endi ikki bor Osiyo chempioni (foto)


Osiyo o‘yinlariga yo‘l olgan O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga 1-oltin medal ham yozildi. Ikkinchi medal ham erkin kurashchilar tomonidan qo‘lga kiritildi.

74 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Bekzod Abdurahmonov oltin medal uchun qozog‘istonlik Daniyar Kaisanovga qarshi kurashib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Ta’kidlash joiz, Bekzod Abdurahmonov endi ikki karra Osiyo o‘yinlari g‘olibi. Abdurahmonov 2014-yili Inchxonda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida ham O‘zbekistonga ilk oltin medalni olib bergandi.

Avvalroq 65 kg vazn toifasida ishtirok etgan Sirojiddin Hasanov bronza medal uchun bahsda mo‘g‘ulistonlik Batmagnai Batchuluunni mag‘lubiyat etib, O‘zbekiston uchun ilk medalni olib bergandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2018, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют