» » Osiyo o‘yinlari—2018. Magomed Ibragimov yaponiyalik raqibini taslim etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi

Osiyo o‘yinlari—2018. Magomed Ibragimov yaponiyalik raqibini taslim etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi


Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tkazilayotgan XVIII Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston nomiga uchinchi medalni ham erkin kurashchilar olib keldi.

Biroz oldin -97 kg vazn toifasidagi o‘zbekistonlik polvon Magomed Ibragimov terma jamoaga uchinchi medali taqdim etdi. U bronza medali uchun kechgan bahsda yaponiyalik Takeshi Yamaguchi qarshi gilamga chiqdi.

Ibragimov bellashuv davomida 6:0 hisobida oldinda borayotgandi. Bu vaziyatda Yamaguchi kutilmaganda jarohat oldi. Shifokor esa unga bahsni davom ettirishi uchun ruxsat bermadi. Natijada bronza medali qo‘lga kiritildi.

Avvalroq 74 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Bekzod Abdurahmonov oltin, 65 kg vazn toifasida ishtirok etgan Sirojiddin Hasanov bronza medalga ega chiqqandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2018, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют