» » Yunusobodda 166 ta ko‘p qavatli uyni ta’mirlash uchun 20,6 milliard so‘m ajratildi

Yunusobodda 166 ta ko‘p qavatli uyni ta’mirlash uchun 20,6 milliard so‘m ajratildi


Toshkentda Oliy Majlis Senati Kengashi va xalq deputatlari Yunusobod tuman kengashining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Oliy Majlis Senati raisi N. Yo‘ldoshev, Prezident davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari U. Muhammadiyev, Yunusobod tumani hokimi B. Abdusamatov, senatorlar, deputatlar, mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etgan tadbirda barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari zimmasiga Yunusobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasi yuklatilgani alohida ta’kidlandi.

Majlisda Toshkent shahar tumanlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruhining Yunusobod tumani bo‘yicha axboroti tinglandi. Shuningdek, mas’ul vazirlik va idoralar, tuman hokimligi rahbarlarining belgilangan vazifalarni ijro etish chora-tadbirlari haqidagi axborotlari muhokama qilindi.

Joriy yilda hududdagi ko‘p qavatli uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha olib borilgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Unga ko‘ra, 40 mahalladagi 166 ko‘p qavatli uy-joyni ta’mirlash ishlari uchun kredit, byudjet mablag‘lari hisobidan 20,6 milliard so‘m ajratilgan. Biroq shunday bo‘lsa-da, soha xodimlarining o‘rganishlari davomida 14 avariya holatidagi ko‘p qavatli uylar borligi, ushbu muammoga tez fursatda chora ko‘rish lozimligi bo‘yicha soha xodimlariga zarur topshiriqlar berildi.

Tadbirda tuman aholisi bandligini ta’minlash, yangi sanoat va xizmat ko‘rsatish korxonalarini tashkil etish, bo‘sh turgan binolardan unumli foydalanish, kommunal xizmat ko‘rsatish sohalaridagi muammolar, ijtimoiy sohada yechimini kutayotgan masalalar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Tumanni kompleks rivojlantirish, aholini tashvishga solayotgan muammo hamda kamchiliklarni bartaraf etish ijrosini parlament, deputatlar va jamoatchilik tomonidan nazorat qilishni ta’minlash choralari to‘g‘risida qo‘shma qaror qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2018, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют