» » Surxondaryoda sayt ochib, unga axloqsiz materiallarni joylagan yigit jarimaga tortildi

Surxondaryoda sayt ochib, unga axloqsiz materiallarni joylagan yigit jarimaga tortildi


2017-yil 14-dekabrda Surxondaryo viloyati Uzun Qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tgan ochiq sayyor sudda internet orqali urush va behayolikni targ‘ib qiluvchi foto-video materiallarni e’lon qilish mavzusidagi huquqbuzarlik ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Uzun tumani ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Uzun tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi 29 yoshli Nodirjon Mamadaliyev o‘rta ma’lumotga ega. U mustaqil ravishda internetda ishlash, sayt yuritish borasida tajriba to‘plagan – bu yaxshi. Lekin u o‘rganganlarini yaxshi maqsadlarga yo‘naltirmagani afsuslanarli, deyiladi xabarda.

Nodirjon Mamadaliyev 2016-yilda tegishli tartibda “www.tengsiz.uz” domen nomini rasmiylashtirib, foto, video va matnli xabar uzatish imkoniyatiga ega shaxsiy veb-saytni ishga tushiradi. Avvaliga kino, musiqa olami, she’riyat, tarix, salomatlik mavzularida materiallarni e’lon qilib boradi. Keyinchalik bu axborotlar tarkibiga er-xotinlik munosabatlari mavzusidagi axloqsiz savol-javob tarzida qilingan ma’ruzalar, er-xotin munosabatlari mavzusidagi hadislarning izohsiz tarjimasini havola qila boshlaydi.

Bundan tashqari, saytga shafqatsizlik va zo‘ravonlikka undovchi, behayolikni targ‘ib qiluvchi pornografik o‘ndan ortiq kinofilmlar joylanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat targ‘ibot markazining ekspert komissiyasi tomonidan berilgan xulosada veb-saytga joylashtirilgan bir qator materiallar axloqiy buzuqlik, zo‘rlash, tahqirlash va boshqa illatlar targ‘ib etilgani, bu filmlarni namoyish etish, ko‘rish, targ‘ibot qilish mumkin emasligi aytiladi.

Yuqorida qayd etilgan materiallar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi ekspertlar guruhi tomonidan ham xulosalar berildi. Unga ko‘ra saytdagi bir qator materiallar tegishli ruxsatsiz tarqatish mumkin bo‘lmagan materiallar sirasiga kirishi keltirilgan.

Nodirjon Mamadaliyev bu xatti-harakatlari qonunga xilof ekanligi borasida domen nomini o‘ziga rasmiylashtirib bergan korxona tomonidan bir necha bor ogohlantiriladi. Lekin u boshi devorga borib tegmaguncha o‘ziga xulosa chiqarmaydi.

Nodirjon Mamadaliyev sodir qilgan harakati o‘zining suddagi tushuntirishi, iqror bo‘lishidan tashqari, surishtiruv davridagi ariza, tushuntirish xatlari, ma’muriy bayonnomalar va to‘plangan boshqa dalillar bilan o‘z isbotini topdi.

Sud huquqbuzarga nisbatan jazo tayinlashda uning shaxsini, oilaviy va moddiy ahvolini, aybiga iqror bo‘lib, qilgan ishidan pushaymonligini inobatga olib Ma’muriy jinoyat kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra ma’lum miqdordagi jarimaga tortdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2018, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют