» » SFI Management Group chet el kompaniyasi O‘zbekistonning ikkita kompaniyasi aksiyalarini vakolatli boshqaruvga oldi

SFI Management Group chet el kompaniyasi O‘zbekistonning ikkita kompaniyasi aksiyalarini vakolatli boshqaruvga oldi


SFI Management Group chet el kompaniyasi O‘zbekistonning ikkita kompaniyasi aksiyalarini vakolatli boshqaruvga oldi, deb yozadi Spot “Toshkent” Respublika fond birjasi ma’lumotlariga tayanib.

Kompaniya “O‘rtachirchiqparranda”ning 703 mingta aksiyasini sotib oldi, umumiy hisobda esa kompaniya aksiyalarining 84 foiziga egalik qiladi.

2005-yilda ishga tushirilgan tuxum ishlab chiqaruvchi korxonada SFI Management Group boshqaruv va modernizatsiya bilan shug‘ullanadi.

Bundan tashqari, chet el kompaniyasi “O‘zkimyofarm”ning 1,6 millionta aksiyasini sotib olib, endi kompaniya aksiyalarining 74 foiziga egalik qiladi. 75 yillik tarixga ega korxonada ham SFI Management Group boshqaruv va modernizatsiya bilan shug‘ullanadi.

Ikkala oldi-sotdi ham birjadan tashqari bo‘lib, 16-avgustda yakunlangan. Kompaniya qimmatli qog‘ozlarni vakolatli boshqaruvga oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2018, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют