» » Taekvondo. Dmitriy Shokin finalda! Svetlana Osipova bronza medalini qo‘lga kiritdi

Taekvondo. Dmitriy Shokin finalda! Svetlana Osipova bronza medalini qo‘lga kiritdi


Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Bugun, 21-avgust sanasida taekvondochilar ham janglarda ishtirok etyapti, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Jumladan, +80 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Dmitriy Shokin yarim finalga chiqdi. Shokin chorak finalda hindistonlik Akshay Kumarni 15:1 hisobida mag‘lub etdi. Dmitriy Shokin yarim finalda Iordaniya vakili Kattan Hamzaga qarshi dayanga chiqib, 5:4 hisobida g‘alaba qozondi va finalga chiqdi.

Ayollar o‘rtasida O‘zbekiston nomidan +67 kg vaznda jang qilayotgan Svetlana Osipova kambojalik raqibasini yengib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Svetlana endi final yo‘llanmasi uchun qozog‘istonlik Denis Kanselga qarshi kurash olib bordi va 19:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa u Osiyo o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritdi. ?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2018, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 128) ( 0) ( 127) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют