» » Taekvondo. Niyoz Po‘latov finalda! Nigora Tursunqulova esa yarim finalda yutqazib qo‘ydi

Taekvondo. Niyoz Po‘latov finalda! Nigora Tursunqulova esa yarim finalda yutqazib qo‘ydi


Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Bugun, 20-avgust sanasida o‘zbekistonlik taekvondochilar bahslarga kirishdi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.

-67 kg vazn toifasida Nigora Tursunqulova ilk jangida gongkonglik Lo Vai In Vinsini  22-2 (8:1, 11:0, 3:1) hisobida mag‘lub etdi.

Tursunqulova chorak finalda makaolik Liu Qingni mag‘lubiyatga etdi va yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Nigora final yo‘llanmasi uchun Janubiy koreyalik Kim Jandiga qarshi jang olib bordi va 4:14 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Endi u bronza medali uchun xitoylik Zang Mengyu bilan kurashadi.

Erkaklar o‘rtasida -58 kg vazn toifasida Niyoz Po‘latov nimchorak finalda Xitoy taypeyilik Hu Kuangyuni 30:28 (10:4, 6:10, 14:14) hisobida mag‘lub etishga erishdi. Niyoz chorak finalda tailandlik Savekvihare Ramnarongga qarshi jang qilib, 23:21 hisobida (11:7, 3:2, 9:12) hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga chiqdi. U yarim finalda eronlik Ashur Zido Falloh Farzonni ham mag‘lub etdi va final yo‘llanmasiga ega chiqdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2018, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют