» » Taekvondo. Barcha raqiblarini yenggan Niyoz Po‘latov va Nigora Tursunqulova yarim finalga chiqdi

Taekvondo. Barcha raqiblarini yenggan Niyoz Po‘latov va Nigora Tursunqulova yarim finalga chiqdi


Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Bugun, 20-avgust sanasida o‘zbekistonlik taekvondochilar bahslarga kirishdi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.

-67 kg vazn toifasida Nigora Tursunqulova ilk jangida gongkonglik Lo Vai In Vinsini  22-2 (8:1, 11:0, 3:1) hisobida mag‘lub etdi.

Tursunqulova chorak finalda makaolik Liu Qingni mag‘lubiyatga etdi va yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Nigora final yo‘llanmasi uchun Janubiy koreyalik Kim Jandiga qarshi kurash olib boradi.

Erkaklar o‘rtasida -58 kg vazn toifasida Niyoz Po‘latov nimchorak finalda Xitoy taypeyilik Hu Kuangyuni 30:28 (10:4, 6:10, 14:14) hisobida mag‘lub etishga erishdi. Niyoz chorak finalda tailandlik Savekvihare Ramnarongga qarshi jang qilib, 23:21 hisobida (11:7, 3:2, 9:12) hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga chiqdi. Unga yarim finalda eronlik Ashur Zido Falloh Farzon raqiblik bo‘ladi.

-53 kg vazn toifasida Dinara Mamadibragimova esa nimchorak finalda qozog‘istonlik Fariza Alangorovaga 16:17 (2:2, 5:2, 9:13) hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqa bilan xayrlashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2018, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют