» » Pxyonchxan—2018. AQSh xokkey termasi turnirni tark etdi. Rossiya esa yarim finalda

Pxyonchxan—2018. AQSh xokkey termasi turnirni tark etdi. Rossiya esa yarim finalda


Qishki Olimpiada bellashuvlarida muxlislarning nisbatan katta qiziqishiga sabab bo‘layotgan erkaklar o‘rtasidagi xokkey turnirida yarim final ishtirokchilari aniqlandi.

Guruh bosqichida rossiyalik xokkeychilardan 0:4 hisobida yengilgan AQSh termasi o‘tish o‘yinida Slovakiya ustidan 5:1 hisobida zafar quchgandi. Ammo amerikalik shaybachilar yarim final yo‘lida Chexiyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi — 2:3.

Ma’lumki, Rossiya xokkeychilari mamlakat bayrog‘i, madhiyasi va nomi ostida muzga chiqa olmayapti. Ular olimpiya o‘yinlarining bayrog‘i ostida musobaqada ishtirok etmoqda. Chorak finalda Norvegiya ustidan 6:1 hisobida zafar quchgan Rossiya xokkeychilari, yarim finalda Chexiyaga qarshi saf tortadi.

Final ostonasidagi ikkinchi juftlikni Germaniya va Kanada xokkeychilari tashkil qildi. Nemislar chorak finalda Shvetsiyani 4:3 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, Kanada Finlyandiyaga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi — 1:0.

Pxyonchxan Olimpiadasining xokkey turnirida yarim final o‘yinlari 23-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют