» » Osiyo Chempionati U23. O‘zbekiston termasi final yo‘llanmasi uchun Janubiy Koreyaga qarshi saf tortadi

Osiyo Chempionati U23. O‘zbekiston termasi final yo‘llanmasi uchun Janubiy Koreyaga qarshi saf tortadi


23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatining yarim finaliga yo‘l olgan O‘zbekiston terma jamoasi final ostonasida Janubiy Koreya bilan to‘qnash keladi.

Chorak finalda koreyalik futbolchilar Malayziya bilan to‘qnash kelib, 2:1 hisobida zafar quchdi. Guruh bosqichida ular Suriya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, Avstraliyani 3:2, Vyetnamni 2:1 hisobida taslim qilgandi.

Yarim final o‘yini 23-yanvar kuni Kunshan shahrida bo‘lib o‘tadi. Koreyalik futbolchilar aynan mana shu shaharda Malayziyadan ustun kelib, guruh bosqichini ham shu yerda o‘tkazganini qayd etish kerak.

Osiyo Chempionati U23

Chorak final

20-yanvar, shanba

Gollar: Cho Jae Van, 1 (1:0). Tanabalan, 67 (1:1). Xan Seung Gyyu, 85 (2:1).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2018, 15:58)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют