» » O‘zbekiston darvozasiga gol urgan Almuaz Ali Qatarni yarim finalga olib chiqdi. Bugun bizning raqib aniq bo‘ladi

O‘zbekiston darvozasiga gol urgan Almuaz Ali Qatarni yarim finalga olib chiqdi. Bugun bizning raqib aniq bo‘ladi


Xitoy mezbonligida o‘tayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida yarim finalning ikkinchi ishtirokchisi nomi aniq bo‘ldi.

Bu yo‘lda Falastinga qarshi saf tortgan qatarlik futbolchilar 3:2 hisobida zafar quchib, g‘alabali seriyasini davom ettirdi. Chempionlik uchun da’vogarlardan biri sifatida e’tirof etilayotgan Qatar guruh bosqichidagi ketma-ket 3 ta turda ham raqiblaridan ustun kelgandi.

Falastin bilan o‘yinda jamoaning to‘purar hujumchisi Almuaz Ali dublga erishdi. U Xitoy darvozasiga 2 ta gol urgan, O‘zbekistonga qarshi bellashuvda esa g‘alaba to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘lgandi. Shu tariqa Almuaz Ali 5 ta gol bilan Osiyo Chempionatida yaqqol to‘purar bo‘lib turibdi.

Bugun chorak finalning yana 2 ta o‘yini bo‘lib o‘tadi. Toshkent vaqti bilan 13:00 da Janubiy Koreya va Malayziya termalari maydonga chiqib keladi. Mazkur bellashuv g‘olibi yarim finalda O‘zbekiston termasiga raqib bo‘ladi. 16:30 da esa Iroq va Vyetnam termalari Qatarga raqib bo‘lish uchun kurash olib boradi.

Osiyo Chempionati U23

Chorak final

19-yanvar, juma

Gollar: Almuaz Ali, 32 (1:0). Almuaz Ali, 34 (2:0). Hoshim Ali, 53 (3:0). Oday Dabbah, 60 (3:1). Muhammad Darvish, 87 (3:2).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 47) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют