» » Osiyo Chempionatini mag‘lubiyat bilan boshlagan O‘zbekiston U23 termasi chorak finalga yo‘l oldi

Osiyo Chempionatini mag‘lubiyat bilan boshlagan O‘zbekiston U23 termasi chorak finalga yo‘l oldi


23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida O‘zbekiston termasi chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Musobaqani Qatardan uchralgan 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshlagan Ravshan Haydarov shogirdlari, 2-turda mezbon Xitoy ustidan shu hisobda ustun kelgandi. 3-turda ham o‘zbekistonliklar ishtirok etgan o‘yinda faqatgina 1 ta gol urildi. Ummonga qarshi bellashuvda Doston Tursunov tomonidan urilgan gol Haydarov jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Parallel kechgan o‘yinda Qatar bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan Xitoyni taslim qildi — 2:1. Shu tariqa Qatar 9, O‘zbekiston 6 ochko bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Osiyo Chempionati U23

“A” guruhi. 3-tur

15-yanvar, dushanba

Gollar: Yao Junsheng, 3 (1:0). Almuaz Ali, 44 (1:1). Almuaz Ali, 77 (1:2).

Chetlatish: Xe Chao, 41 (X).

Gol: Doston Tursunov, 37 (1:0).

O‘zbekiston U23: Botirali Ergashev — Abbos Otaxonov, Rustam Ashurmatov, Doston Tursunov, Hojiakbar Alijonov, Odil Hamrobekov, Aziz G‘aniyev, Bobir Abdiholiqov, Javohir Siddiqov, Doniyor Narzullayev, Zabixillo O‘rinboyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 100) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют