» » O‘zbekiston U23 termasi Xitoy darvozasiga 1 ta aniq zarba berdi va yakunda g‘olib chiqdi

O‘zbekiston U23 termasi Xitoy darvozasiga 1 ta aniq zarba berdi va yakunda g‘olib chiqdi


Ravshan Haydarov murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston U23 termasi Osiyo Chempionati guruh bosqichining 2-turida mezbon Xitoy ustidan zafar quchdi.

Bellashuvdagi yagona gol 14-daqiqada Hojiakbar Alijonov tomonidan urildi. Keyingi daqiqalar davomida o‘zbekistonlik futbolchilar raqib darvozasiga to‘g‘ri zarba bera olmadi. Shunga qaramay, himoyadagi ishonchli o‘yin sabab, qit’a chempionatidagi dastlabki ochko qo‘lga kiritildi.

Xitoylik futbolchilar ilk turda Ummon ustidan 3:0 hisobida zafar quchgandi. Mezbonlar so‘nggi turni O‘zbekistonni taslim qila olgan Qatarga qarshi o‘tkazadi. Ravshan Haydarov jamoasi esa Ummon bilan hisob-kitob qiladi.

Osiyo Chempionati U23

“A” guruhi. 2-tur

12-yanvar, juma

Gol: Hojiakbar Alijonov, 14 (0:1).

Xitoy U23: Dzou Yuchen — Li Ksiaoming, Gao Dzunyi, Yao Junsheng (Tang Shi, 46), Vei Shixao, Xe Chao, Li Xailong, Li Shuai, Yang Liyyu, Liu Yiming, Ba Dun (Jang Yuning, 76).

O‘zbekiston U23: Botirali Ergashev — Rustam Ashurmatov, Hojiakbar Alijonov, Abbos Otaxonov, Aziz G‘aniyev, Odiljon Hamrobekov, Zabixillo O‘rinboyev, Javohir Siddiqov (Jasur Yaxshiboyev, 66), Doniyor Narzullayev (Bobur Abdixoliqov, 92+), Doston Hamdamov (Oybek Rustamov, 72), Doston Tursunov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют