» » Sirdaryoda bojxonachilar 45 dona telefonning olib o‘tilishiga chek qoydi

Sirdaryoda bojxonachilar 45 dona telefonning olib o‘tilishiga chek qoydi


Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Xovosobod” chegara-bojxona postida telefon apparatlarini bojxona nazoratidan yashirincha olib o‘tishning navbatdagi “usul”i fosh qilindi. Bu haqda bojxona qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Mazkur post orqali piyoda ravishda kirib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi L.Q.ga tegishi paketlar nazorat-rentgen apparatida tekshirilganda yuklar orasidai poyabzal qutilarida oyoq kiyimi emas, telefonlar yashirilgan ekan.

Bojxona xodimining og‘zaki savol-javobi vaqtida ma’lum qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 3 turdagi 45 dona telefonlar xorijda ishlab chiqarilgan bo‘lib, sotish maqsadida olib kirilayotganligi aniqlandi.

Ushlab qolingan uyali telefonlarning qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 15 million so‘mni tashkil qilmoqda.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2018, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют