» » Nobel mukofoti sovrindori Ryodzi Noyori 28—31-avgust kunlari O‘zbekistonga keladi

Nobel mukofoti sovrindori Ryodzi Noyori 28—31-avgust kunlari O‘zbekistonga keladi


Nobel mukofoti sovrindori Ryodzi Noyori 28—31-avgust kunlari Yaponiyaning Nagoya universiteti delegatsiyasi tarkibida O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Nagoya universiteti prezidenti Matsuo Seyiti rahbarligidagi delegatsiya tarkibida oliygoh bo‘limlarining yana 10 nafar vakili ham bo‘ladi.

Ryodzi Noyori O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Toshkent davlat texnika universitetida ma’ruza o‘qiydi, shundan so‘ng Samarqand shahriga tashrif buyuradi.

Tashrif doirasida mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, Fanlar akademiyasi, Ilmiy-tadqiqot institutlari, manfaatdor tashkilotlar vakillari ishtirokida O‘zbekiston—Yaponiya ilmiy simpoziumi va “muhokamalar doirasi”ni o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Nagoya Universiteti hamda Toshkent davlat texnika universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolanishi kutilmoqda.

Ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni faollashtirish maqsadida Noyorining jahon ilm-faniga qo‘shgan ulkan hissasini inobatga olib, Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Fanlar akademiyasi prezidenti bilan uchrashuvlar rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2018, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют