» » Samarqandda avtomashinaga yashirib olib o‘tilayotgan tamaki mahsulotlari ushlab qolindi

Samarqandda avtomashinaga yashirib olib o‘tilayotgan tamaki mahsulotlari ushlab qolindi


“Jartepa” chegara bojxona posti xodimlari xorijiy davlatda ishlab chiqarilgan, O‘zbekiston Respublikasi aksiz markasi bilan markalanmagan tamaki mahsulotlarini mamlakatga noqonuniy olib o‘tish holatlariga chek qo‘ydi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi A.Q. qo‘shni davlatdan O‘zbekiston Respublikasi aksiz markasi bilan markalanmagan, qiymati 1 million 335 ming so‘mlik Parliament, Senator, Esse, Mond va LD nomli sigaretlarni bojxona chegarasi orqali yashirib olib o‘tishni niyat qilgan.

Bojxona nazoratidan o‘tayotgan fuqaro A.Q.dan yonida, qo‘l yuklarida hamda uning boshqaruvidagi Damas rusumli shaxsiy avtomashinasida O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishi taqiqlangan yoki miqdoriy cheklangan tovarlar bor-yo‘qligi bojxonachilar tomonidan og‘zaki ravishda so‘ralgan.

Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmatin bergan ma’lumotga ko‘ra fuqaro A.Q. esa o‘z yonida bunday tovarlar yo‘qligini aytganidan so‘ng uning boshqaruvidagi avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada avtomashina o‘rindig‘i ostiga va eshik qoplamalari orasiga xufyona yashirilgan tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Aniqlangan holat natijasida qonunbuzardan tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil tariqasida olib qo‘yildi. Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartiblarga ko‘ra jismoniy shaxslar tomonidan chetdan 10 quti tamaki mahsulotlarini bojxona to‘lovlarisiz olib kirishlari mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2018, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют