» » Samarqandda “Yashil” yo‘lak orqali qariyb 10 million so‘mlik tamaki mahsulotlarini olib o‘tishga uringan fuqaro qo‘lga olindi

Samarqandda “Yashil” yo‘lak orqali qariyb 10 million so‘mlik tamaki mahsulotlarini olib o‘tishga uringan fuqaro qo‘lga olindi


Samarqand xalqaro aeroportida “Domodedova — Samarqand” yo‘nalishida uchib kelgan O‘zbekiston fuqarosi “yashil” yo‘lak orqali tamaki mahsulotlari partiyasini noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Fuqaro bojxona nazorati zonasidan o‘tish vaqtida o‘ziga tegishli bo‘lgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatmay, umumiy qiymati 9 million 750 ming so‘mlik 39 blok Parliament tamaki mahsulotlari olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yicha sud hukmiga ko‘ra, huquqbuzarga eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida, ya’ni 172 240 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Shuningdek, huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan bahosi 9 million 750 ming so‘mlik tamaki mahsulotlarini yo‘q qilish bo‘yicha sudning qarori qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют