» » Sud qaroriga binoan qiymati 300 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan 2120 ta kontrafakt elektr hisoblagichlar yo‘q qilinadi

Sud qaroriga binoan qiymati 300 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan 2120 ta kontrafakt elektr hisoblagichlar yo‘q qilinadi


Samarqand shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi tomonidan O‘zbekiston hududiga noqonuniy olib kirilgan katta miqdordagi kontrafakt elektr hisoblagichlar holati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqilishi yakunlandi, deb xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, ushbu qurilmalar Xitoydan “Ulug‘bek” temir yo‘l stansiyasi orqali Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan “Sharq Sanoati” konserni tarkibiga kiradigan Afrosiyob-Jeans qo‘shma korxonasi nomiga yuborilgan.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan deklaratsiyalanmagan umumiy miqdori 2120 dona elektr hisoblagichlar konteynerni bojxona nazoratidan o‘tkazish vaqtida aniqlandi.

Olib borilgan tergov harakatlariga ko‘ra, ushbu hisoblagichlar kontrafakt tovarlar bo‘lib, rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan O‘zbekiston va Rossiyadagi korxonalar tovar markasi ostida ishlab chiqarilganligi, barcha texnik pasportlar va muvofiqlik sertifikatlari soxtalashtirilganligi aniqlangan. Mazkur qurilmalarning qiymati 300 million so‘mdan ortiqni tashkil etadi.

Tergov davomida aniqlanishicha, Samarqandda yashovchi 1991-yilda tug‘ilgan S. Xushvaqtov va 1988-yilda tug‘ilgan A. Kamolov oldindan jinoiy til biriktirib, juda katta miqdorda tovarlarni bojxona nazoratidan yashirib, bojxona yuk deklaratsiyasi va boshqa tegishli hujjatlarida ko‘rsatmagan holda O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali o‘tkazish jinoyatini sodir etgan.

Samarqand shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudining 3-noyabrdagi hukmiga muvofiq sudlanuvchi S. Xushvaqtov va A. Kamolov Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismining “a” bandi bilan aybdor deb topilgan.

Sudlanuvchi S. Xushvaqtovga nisbatan eng kam oylik ish haqining 160 baravari miqdorida (23964000 so‘m) va sudlanuvchi A. Kamolovga nisbatan eng kam oylik ish haqining 140 baravari miqdorida (20968500 so‘m) jarima jazosi undirilishi belgilandi.

Sud qaroriga binoan, jinoyat ishining daliliy ashyosi sifatida olib qo‘yilgan 2120 dona elektr hisoblagichlar belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.

Опубликовано: admin (19-11-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют