» » O‘zbekistonda kechki 21:00 dan keyin spirtli ichimliklarni sotishni taqiqlash taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda kechki 21:00 dan keyin spirtli ichimliklarni sotishni taqiqlash taklif qilinmoqda


O‘zbekiston normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan “Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Hujjat loyihasida qayd etlishicha, mazkur qaror alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish joylarida hamda umumiy ovqatlanish obyektlarida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek alkogolli mahsulotlarning chakana savdosi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida qabul qilinmoqda.

Unga ko‘ra:

Mazkur bandning ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan cheklovlar quyidagi savdo obyektlari va umumiy ovqatlanish korxonalariga nisbatan tatbiq etilmaydi:

Alkogolli mahsulotlar savdo qilinadigan savdo obyektlari va umumiy ovqatlanish korxonalarini texnik qo‘riqlash vositalari, yong‘indan darak beruvchi, qo‘riqlash signalizatsiyalari va videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash hamda o‘rnatilgan tartibda ichki ishlar organlarining texnik qo‘riqlash punktlariga ulash choralari ko‘riladi.

Savdo obyektlari va umumiy ovqatlanish korxonalariga berilgan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomalari mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda qayta rasmiylashtiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2018, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют