» » Tasodifan “Mishlen” reytingiga kirib qolgan kafening bekasi mijozlar “oqib kelayotganidan” shikoyat qildi

Tasodifan “Mishlen” reytingiga kirib qolgan kafening bekasi mijozlar “oqib kelayotganidan” shikoyat qildi


Fevral oyining boshida “Mishlen” restoranlar reytingi o‘zining an’anaviy eng yaxshi muassasalar ro‘yxatini e’lon qildi. Texnik xato tufayli Bouche ? Oreille nomli kichik kafe ro‘yxatga kirib qoldi. Reyting tuzuvchilari kafeni xuddi shu nomli restoran bilan adashtirib yuborgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Tasodifan “Mishlen” yulduzini qo‘lga kiritgan kafega tashrif buyuruvchilar oqimi shu darajada ko‘paydiki, uning ishchilari mijozlarga xizmat ko‘rsatishga ulgurmayapti.

Fransiya markazidagi Sher departamentida joylashgan kafe mahalliy ishchilar orasida juda mashhur. Bu yerda tushlik o‘rtacha 13 yevro turadi.

Kafe bekasi Veronik Jakening so‘zlariga ko‘ra, u o‘zi egalik qiluvchi muassasaga nufuzli mukofot berilganini bilib, shunchaki kulib qo‘ygan. Biroz vaqtdan so‘ng kafe mijozlarga to‘lib ketgan.

“Mishlen” reytingi tuzuvchilari Veronik bilan bog‘lanib, uning kafesi ro‘yxatga xatolik sababli kiritilganini, keyinchalik xato to‘g‘rilanganini ma’lum qilgan.

Hozir uning o‘rniga ro‘yxatga Eson departamentida joylashgan Bouche ? Oreille restorani kiritildi. Restorandagi tushlik kafedagidan qariyb 4 baravar qimmat bo‘lib, o‘rtacha 48 yevro turadi.

Kafe nufuzli reytingdan chiqarilganiga qaramay, mijozlar orasida mashhurlikni saqlab turibdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-02-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют