» » Shahrisabzga qatnaydigan tezyurar poyezdlarning texnik sinovi boshlandi

Shahrisabzga qatnaydigan tezyurar poyezdlarning texnik sinovi boshlandi


O?zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan boshlangan Qarshi—Kitob temiryo?l liniyasini modernizatsiya qilish va elektrlashtirish loyihasi to?liq nihoyasiga yetkazildi. “O‘zbekiston temir yo?llari” kompaniyasidan ma?lum qilishlaricha, umumiy uzunligi qariyib 124 kilometr bo?lgan mazkur loyiha qisqa fursatda sifatli amalga oshirilgan.

Ushbu yo?nalishda vokzallar yangidan qurilib, stansiyalar rekonstruksiya qilindi. Ikkita ko?prik, 20 ga yaqin sun?iy inshoot qurildi. Mavjud temiryo?llar modernizatsiya qilinib, atrofini panjara bilan o?rash ishlari amalga oshirildi. Qurilish ishlariga 100 ga yaqin zamonaviy texnika, 300 nafardan ziyod mutaxassis jalb qilindi.

Soha energetiklari tomonidan loyiha doirasida rejalashtirilgan 94 kilometr masofaga temir-beton ustunlari o?rnatish, ularga konsollar ilish, kontakt simlari tortish kabi barcha ishlar to?liq yakunlandi. Bundan tashqari o?tgan vaqt mobaynida bitta nim tortish stantsiyasi ham qurib ishga tushirildi.

“Mutaxassislar Qarshi—Kitob yo?nalishida ilk bor elektrovoz hamda ?Afrosiyob? zamonaviy elektropoezdini harakatlantirib texnik sinovlarni boshlab yubordi. Mustaqilligimizning 27 yilligi shodiyonasi arafasida ushbu loyiha mamlakatimiz aholisi va mehmonlariga munosib sovg?a bo?ladi”, — deyiladi temiryo?l kompaniyasi axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2018, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют