» » “Buxoro—Miskin” temiryo‘liga izlar yotqizish tugallandi, endi u elektrlashtiriladi

“Buxoro—Miskin” temiryo‘liga izlar yotqizish tugallandi, endi u elektrlashtiriladi


1-sentabrda Buxoro viloyatining sahro qumliklarida umumiy uzunligi 355 kilometr bo‘lgan “Buxoro—Miskin” temir yo‘l liniyasining 147—148-kilometrlari oralig‘ida po‘lat izlarning so‘nggi bir necha o‘n metri yotqizildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ning ma’lum qilishicha, “Boshtransloyiha” aksiyadorlik jamiyati tomonidan loyihalashtirilgan yangi temir yo‘lning umumiy uzunligi 335 kilometrni tashkil etadi. Ayni paytda 335 kilometrga po‘lat izlar yotqizildi. Shuningdek, 121 ta sun’iy inshoot, 12 ta ko‘prik va 6 ta yo‘l o‘tkazgichlar qurib bitkazildi.

21,2 million kubometr hajmdagi tuproq ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga ushbu yo‘nalishda 5 ta stansiya va shuncha razyezdlar ham barpo etildi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 283,1 million AQSh dollarini tashkil etib, shu kungacha 247 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ o‘zlashtirildi.

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 13-martdagi “Buxoro — Miskin temir yo‘l liniyasini qurish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra, mazkur liniyada bunyodkorlik ishlari jadal olib borildi. Jumladan, keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlarini tezkor, sifatli, o‘z muddatida foydanishga topshirish uchun 1500 dan ortiq ishchi-xizmatchilar, yo‘l qurilishi bilan bog‘liq soha mutaxassislari, 1000 dan ziyod qudratli mexanizmlar jalb etilgan edi.

Qurilish-montaj jarayonlari Buxoro tumanidan Miskin bekatigacha bo‘lgan oraliqda, bir vaqtning o‘zida har ikki tomondan qurib kelindi. Loyihani zamon talablari darajasida foydalanishga topshirish uchun O‘zbekistonda hozirgacha amalga oshirilgan yirik loyihalar, jumladan, “Navoiy—Uchquduq—Sulton-Uvaystog‘—Nukus”, “Toshg‘uzor—Boysun—Qumqo‘rg‘on”, “Angren—Pop” temir yo‘l qurilishlarida faol qatnashgan tajribali temiryo‘lchilar mazkur loyihaga biriktirilgan.

O‘zAning yozishicha, hozircha bu yo‘lda yuk poyezdlari harakatlanadi. Ular yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yish maqsadida liniyani elektrlashtirish va boshqa yordamchi inshootlar qurilishini o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqichni amalga oshirishda butun trassa bo‘ylab zarur bo‘ladigan turli binokorlik materiallarini yetkazib beradi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-09-2017, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют