» » AQSh Suriyada Fors ko‘rfazi mamlakatlari hisobidan xavfsizlik hududlarini yaratadi

AQSh Suriyada Fors ko‘rfazi mamlakatlari hisobidan xavfsizlik hududlarini yaratadi


Qochoqlarning G‘arbga keng miqyosda oqib kelishiga chek qo‘yish uchun, AQSh Suriyada xavfsizlik hududlarini yaratishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “TASS”. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Florida shtatining Melborn shahridagi mitingda ko‘p sonli tarafdorlari qarshisida nutq so‘zlayotib aytib o‘tdi.

“Men qilmoqchi bo‘lgan narsa — Suriya va boshqa joylarda xavfsizlik hududlarini yaratish, toki ular (ya’ni mahalliy aholi) o‘sha yerda qolsin va xavfsizlikda yashasin”, — dedi Amerika yetakchisi. “Biz xavfsizlik hududlarini yaratamiz, — deya ta’kidladi Tramp. — Biz shunday qilamizki, (Fors) ko‘rfazi mamlakatlari ushbu hududlar uchun haq to‘laydi”.

Vashington ma’muriyati rahbarlari so‘zlariga ko‘ra, u bunday niyatlarni “o‘n minglab qochoqlarni qabul qilishga to‘g‘ri kelmasligi uchun” amalga oshirmoqchi. “Biz bu odamlar haqida hech narsa bilmaymiz”, — deya qayd etdi Tramp.

Shu bilan birga, u Amerikaning yangi hukumati mamlakatga muhojirlar kelishini istashini aytdi.

Опубликовано: admin (19-02-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют