» » Gibraltarda jahondagi eng katta yelkanli yaxta qo‘lga olindi. U rossiyalik milliarderga tegishli

Gibraltarda jahondagi eng katta yelkanli yaxta qo‘lga olindi. U rossiyalik milliarderga tegishli


Gibraltarda rossiyalik ishbilarmon Andrey Melnichenkoga tegishli va jahonda eng katta deb hisoblanadigan motor-yelkanli yaxta — “A” qo‘lga olindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Yaxta Germaniyaning Nobiskrug kemasozlik korxonasi da’vosiga asosan qo‘lga olingan. Kompaniya yuristlarining ta’kidlashicha, buyurtmachi — Valla Yachts Limited kompaniyasi umumiy hisobda 15,3 million yevroga teng qarzdorlikni hali ham qoplamagan.

Valla Yachts vakili yuz bergan hodisadan hayratda ekanini ma’lum qilib, tomonlar nizo bo‘yicha kelishishga yaqin vaziyatda turganini bildirgan; uning so‘zlariga ko‘ra, Nobiskrug 5-fevral kuni yaxtaga Germaniyaning Kil portini tark etishga ruxsat bergan edi.

Following her departure from Germany, the 142.8m Sailing Yacht A just arrived in Gibraltar. See the photos here: https://t.co/TRsOZYKrLz pic.twitter.com/5Uj0KNzFfG

— SuperYacht Times (@sytreports) February 15, 2017

Russian billionaire's mammoth ?360m 'Sailing Yacht A' https://t.co/v4EbuaEsUf pic.twitter.com/FvVTujibih

— Patricia Miler (@PatriciaMiler1) February 15, 2017

Nice footage of the US$ 400 million Sailing Yacht #A (owned by #billionaire Andrey Melnichenko) leaving the shipyard https://t.co/WFyaLoUg1x pic.twitter.com/EFRUTQuCLm

— SuperYachtFan (@Superyachtfan) February 6, 2017

“A” jahondagi eng katta motor-yelkanli yaxta hisoblanadi. Uning umumiy uzunligi 142 metrdan ortiq, machtasining balandligi esa 100 metrga yetadi. Yaxta dizayner Filipp Stark tomonidan loyihalashtirilgan.

Andrey Melnichenko “Yevroxim” va SUEK kompaniyalari egasi bo‘lib, 2016 yili Forbes jurnali tomonidan Rossiyaning eng boy biznesmenlari ro‘yxatida 11-o‘rinni (boyligi — 8,2 milliard dollar) egallagan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-02-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют