» » Toshkentda yo‘qolib qolgan bolani IIBB xodimlari 15 daqiqada topib, ota-onasiga qaytardi

Toshkentda yo‘qolib qolgan bolani IIBB xodimlari 15 daqiqada topib, ota-onasiga qaytardi


Toshkent shahar IIBB xodimlari, xususan, PPX xodimi Ortiqov D., shuningdek, Milliy gvardiya xodimi Marajabov I. va Mudofaa vazirligi vakili Shokirov Z. uydan noma’lum tomonga ketib qolgan 10 yoshli bolani 15 daqiqa ichida topib, ota-onasiga qaytardi. Bu haqda IIBB xabarida aytiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, Said ismli bola buvisiga do‘konga borib kelaman deb, uydan chiqib ketgan. Oradan uch soat o‘tsa ham, bola qaytmagan. Buvisi tashvishlana boshlagan, nevarasining o‘rtoqlariga qo‘ng‘iroq qilib chiqqan, biroq hech kim uning qayerdaligini bilmagan. Bolaning otasi uyga kelgach, ular birgalikda uni qidirishga tushgan.

Huquq-tartibot organlarini ko‘chada uchratib, ota ulardan yordam so‘ragan, o‘g‘lining rasmini berib, uning qanday kiyimda bo‘lgani, kim bilan do‘stlashishi, o‘rtoqlari qayerda yashashi haqida gapirib bergan.

15 daqiqadan keyin patrul mashinasida Saidni uyiga olib kelishgan. Ma’lum bo‘lishicha, u buvisini aldab, do‘konga emas, o‘rtog‘ining uyiga ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2018, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют