» » “O‘zbekneftgaz”ning ixtisosli bo‘lmagan aktivlari xususiy mulkka sotiladi

“O‘zbekneftgaz”ning ixtisosli bo‘lmagan aktivlari xususiy mulkka sotiladi


“O‘zbekneftgaz”ning foydalanilmayotgan va ixtisosli bo‘lmagan aktivlari ommaviy savdolarda xususiy mulkka sotiladi, deb yozadi Spot Vazirlar Mahkamasi qaroriga tayanib.

Hujjatda aytilishicha, bunday chora-tadbirlar “O‘zbekneftgaz” AJ tashkilotlarining moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlash va yaxshilash, neft-gaz tarmog‘i tashkilotlarining ixtisosli bo‘lmagan va foydalanilmayotgan aktivlaridan maqsadli foydalanish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Xususiy mulkka sotiladigan aktivlar ro‘yxatiga 150 dan ortiq binolar va korxonalar kirdi. Ular bozor qiymatida sotiladi.

Ushbu ro‘yxatga go‘shtni qayta ishlash sexi, sport majmuasi, mehmonxonalar, poliklinika, do‘konlar, issiqxona, tikuv va kolbasa sexi va boshqa obyektlar kirdi.

Aktivlar ommaviy savdolarga qo‘yilgan kundan boshlab uch oy mobaynida sotilmagan taqdirda, tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan, kichik sanoat zonalarida yangidan tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlariga to‘lovlarni o‘n yilgacha muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati bilan bozor qiymati bo‘yicha sotiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2018, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют