» » LG Google servislarini LG TONE simsiz quloqchinlari seriyasiga kiritmoqda

LG Google servislarini LG TONE simsiz quloqchinlari seriyasiga kiritmoqda


LG Electronics’ning (LG) eng so‘nggi va ilg‘or simsiz garnituralari IFA 2018 ko‘rgazmasida taqdim etiladi, ulardan asosiysiga tashqi dinamikli Google Assistent va LG TONE Ultra SE (HBS-835S modeli) ovozli yordamchini faollashtirish maxsus tugmachasiga ega LG TONE Platinum SE (HBS-1120 modeli) aylanadi.

LG TONE Platinum SE TONE seriyasidagi dastlabki ko‘chma qurilma bo‘lib, unda tarjimon va Google Assistent funksiyasi real vaqt rejimida tugmachani bosish orqali qo‘llaniladi. Foydalanuvchilar Google Assistentni “Okey, Google” iborasini ishlatmasdan faollashtirishi, shu tariqa, sun’iy idrokning interfaol imkoniyatlariga tezkor kirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin. Ushbu funksiyaning asosiy afzalliklari “Google Tarjimon” servisiga murojaat qilinganida aniq ko‘rinadi. Xizmatni faollashtirish uchun maxsus iborani («Okey, Google») doimo gapirishga hojat yo‘q, bu boshqa tilda muloqotni osonlashtiradi, tarjimani tezroq amalga oshiradi va aloqa jarayoni tabiiy ko‘rinish hosil qiladi.

LG muhandislari yangilikka muvozanatli akor va dinamikli tarqatgich qo‘shib, odatda professional musiqachilar uchun mo‘ljallangan quloqchinlarda ishlatiladigan uyg‘unlikni keltirib chiqarishdi. Muvozanatli yakor sof yuqori chastotali tovush beradi, dinamik tarqatgichlar esa kuchli basni ta’minlaydi. LG’dan eng yangi audio-garnituralar qora, ko‘k va tilla ranglarda mavjud.

Yana bir yangi qurilma, LG TONE Ultra SE, tashqi monodinamik bilan jihozlangan. Uning yordamida, foydalanuvchilar atrof-muhitga etibor qaratish zarur bo‘lgan holatlarda fon tovushlarni yo‘qotmay qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishlari va musiqa tinglashlari mumkin. LG TONE Platinum SE’da bo‘lgani kabi, LG TONE Ultra SE’da ham ikkita MEMS-mikrofon qo‘llaniladi, u qo‘ng‘iroqlar paytida juda aniq tovushni beradi, shuningdek, Tone & Talk mobil ilovani qo‘llab-quvvatlaydi.

«LG aqlli servislarni muvafaqiyatli TONE seriyasiga integratsiyalashtirib, olib yuriluvchi audioqurilmalar segmentiga yangi paradigma kiritadi, hamda biz eng dolzarb modellarni innovatsion rivojlantirish ustida ishni davom ettiramiz, - deya ma’lum qildi LG Companion Device Business Division bo‘linmasi rahbari Kim Te-gyun (Kim Tae-gyun). — Bizning maqsad — butun dunyodagi foydalanuvchilarga yangi ajoyib quloqchinlarni taqdim etishdir».

31-avgustdan 5-sentabriga qadar Messe Berlin ko‘rgazma markazining 18-hollidagi zalidagi IFA ko‘rgazmasida LG stendiga tashrif buyuruvchilar TONE seriyasidan quloqchinlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Qo‘shimcha ma’lumot, jumladan, narxlar va sotuv geografiyasi har bir mamlakat bo‘yicha alohida-alohida beriladi.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2018, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют