» » Sirdaryoda savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Jabrlanganlar yo‘q

Sirdaryoda savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Jabrlanganlar yo‘q


2018-yil 21-avgust kuni soat 18:36 daqiqa o‘tganda, Sirdaryo viloyati IIB YoXB Markaziy dispetcherlik xizmatiga Guliston shahar, Bunyodkor ko‘chasida joylashgan savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Bu haqda “Daryo” Sirdaryo viloyati IIB YoXB matbuot xizmati xabar berdi.

Ko‘rsatilgan manzilga Guliston shahrini yong‘indan muhofaza qiluvchi

1-HYoXQdan 3 ta jangovor ekipajlar yuborildi. Birinchi jangovar ekipajlar yong‘in sodir bo‘lgan joyga soat 18 dan 43 daqiqa o‘tganda yetib borganda savdo do‘konlarining tom qismidan qora tutun chiqayotganligi aniqlangan.

Jangovar ekipajlar tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in soat

18 dan 47 daqiqa o‘tganda qurshab olingan va soat 19 dan 15 daqiqa o‘tganda to‘liq bartaraf etildi.

Yong‘in natijasida: YATT “Suyunov Farxod”ga tegishli 1 ta savdo do‘koni (do‘konning ichki 4 ta qismga bo‘linib, shundan 2 ta qismi ijarachilarga berilgan)ning 20 kvadrat metr tom, shift qismi yong‘indan zararlangan.

Yong‘in xavfsizligi xizmatining say’i harakatlari natijasida yong‘indan zarar ko‘rgan savdo do‘konining atrofidagi 22 ta savdo do‘konlari (jami 600 kv.m ortiq) maydoni hamda savdo do‘konlaridagi tovar moddiy boyliklari yong‘indan asrab qolinishiga erishildi.

Yong‘in oqibatida insonlar tan jarohati olmagan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘inning taxminiy sababi: elektr simlarida yuzaga kelgan qisqa tutashuv natijasida sodir bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Ushbu yong‘in bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari shahar IIB va shahar YoXB xodimlari tomonidan olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2018, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют