» » Olimlar: peshonadagi chuqur ajinlar yurak-tomir kasalliklaridan o‘lish xavfidan darak beradi

Olimlar: peshonadagi chuqur ajinlar yurak-tomir kasalliklaridan o‘lish xavfidan darak beradi


Fransiyadagi Tuluza universiteti olimlari peshonada chuqur ajinlarning barvaqt paydo bo‘lishi yurak-tomir kasalliklaridan o‘lish xavfining yuqori ekanligidan darak berishini aniqladi. Bu haqda MedicalXpress’dagi press-relizda aytiladi.

20 yil davom etgan tadqiqotda 32—62 yoshdagi 3,2 ming sog‘lom kishilar qatnashdi. Ko‘ngillilarga peshonasidagi ajinlar soniga qarab ballar berildi. Ajinlari bo‘lmaganlarga nol ball, ajinlari kuchli bo’lganlarga uch balldan berildi.

Kuzatish davrida 233 kishi turli sabablar bilan vafot etdi. Shularning 15,2 foizida ikki va undan ortiq, 6,6 foizida — faqat bitta ajin bo‘lgan (peshonasida), 2,1 foizida esa umuman ajin bo‘lmagan. Ajinlar miqdori yurak-tomir kasalliklari yuzaga kelishi ehtimoli bilan bog‘liq bo‘lib chiqdi. Masalan, yoshi, jinsi va hayot tarzini hisobga olganda, eng yuqori ball olgan kishilarda yurak faoliyatidagi buzilishlar va insult tufayli o‘lish xavfi eng kam balli ko‘ngillilarga nisbatan 10 marta yuqori bo‘lib chiqdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют