» » Toshkent shahar hokimligida AQShning Sietl shahri delegatsiyasi qabul qilindi

Toshkent shahar hokimligida AQShning Sietl shahri delegatsiyasi qabul qilindi


Toshkent shahar hokimligida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Sietl shahridan kelgan delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev tomonidan qabul qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Toshkent-Sietl birodarlik uyushmasining 45 yilligini nishonlash hamda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashdan iboratdir. “Toshkent-Sietl” yo‘nalishida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni yuqori baholar ekan, J.Ortiqxo‘jayev amerikalik sheriklar bilan muloqotni mustahkamlab borish, shuningdek, konstruktiv ruhdagi hamkorlikni davom ettirish niyatini izhor etdi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga Toshkentdagi Sietl bog‘i tez orada to‘liq rekonstruksiya qilinishi hamda poytaxtda Tashkent City, Olmazor Business City kabi  zamonaviy ishbilarmonlik markazlari yanada ko‘paytirilishi haqida ham ma’lumot berildi.

O‘z navbatida, amerikalik delegatsiya vakillari O‘zbekistonda, xususan, Toshkent shahrida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

Delegatsiya vakillari uchrashuvdan so‘ng Bobur parki hududida joylashgan “Sietl tinchlik bog‘i”da ham bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, Toshkent va Sietl shaharlari o‘rtasida birodarlik aloqalari 1973-yilda o‘rnatilgan. Uning doirasida ikki shahar o‘rtasida fan va madaniyat, ta’lim va sport, shahar xo‘jaligini boshqarish, turizmni rivojlantirish kabi sohalarda aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Toshkentdagi “Sietl Tinchlik bog‘i” 1988-yilda barpo etilgan. Sietl shahrida ham “Toshkent bog‘i” mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 33) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют